avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
17.02.2026 19:39
🚫GIYOHVANDLIK — KELAJAKKA TAHDID!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida Mirobod tumani IIO FMB bilan hamkorlikda muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.

🛡 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni giyohvandlik va psixotrop moddalarning og‘ir oqibatlaridan ogohlantirish, ularda huquqiy ong va mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida:
🔹 Giyohvand moddalarning inson salomatligiga yetkazadigan jiddiy zarari;
🔹 Kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy tarqalishiga qarshi kurashish choralari;
🔹 Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik masalalari hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va asosli javoblar oldilar.

Xulosa aniq: sog‘lom jamiyat — sog‘lom yoshlar bilan barpo etiladi.

TIFT — nafaqat bilim, balki ongli va mas’uliyatli avlodni tarbiyalaydi.

Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
5 5.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram