Birinchi semestrdayoq amaliyot sari qadam tashlash — bu katta natija
TIFT universiteti “Bank ishi" yo‘nalishi talabasi
Dana Serikbaeva bilan uning dastlabki 1-semestri haqida suhbatlashdik.
Dana universitetimizni ilk bor ijtimoiy tarmoqlar orqali kashf etganini aytadi. Aynan TIFTning xalqaro TOP universitetlar bilan hamkorligi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va zamonaviy muhit uni o‘ziga jalb qilgan.
Oradan atigi bir semestr o‘tdi — va natija allaqachon ko‘rinmoqda
Dana yaqinda Biznesni Rivojlantirish Bankida stajyor sifatida ish boshlashini aytdi. Bu nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki TIFTda berilayotgan amaliy bilim va muhitning natijasidir.
Uning ta’kidlashicha, TIFTda o‘qish faqat nazariya bilan cheklanmaydi — bu yerda talabalar real sektor bilan bog‘lanadi, imkoniyatlarni ko‘ra boshlaydi va o‘z ustida ishlashga ilhom oladi.
TIFT — imkoniyatlarni ko‘ra oladigan va ulardan foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalaydi.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram