📜 Bugun — buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur — nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki nozik didli shoir, teran tafakkur egasi va yuksak ma’naviyat sohibi sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan siymodir.
U yoshligidanoq ilmga, adabiyotga va tafakkurga intildi. Murakkab va sinovlarga boy hayot yo‘lida ham u ilmni, ma’rifatni va ezgulikni tark etmadi. “Boburnoma” kabi bebaho asari orqali u nafaqat o‘z davrini, balki inson ruhiyatini, tafakkur kuchini va yetakchilik fazilatlarini namoyon etdi.
TIFT universitetida ta’lim olayotgan yoshlar ham aynan shunday ruhda — global fikrlovchi, jasoratli va bilimga chanqoq avlod sifatida kamol topmoqda.
TIFT — buyuk ajdodlar ruhiga munosib, tafakkurli va yetakchi yoshlarni tarbiyalaydi.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram