Mahzuna nigohida TIFT: ilk semestr taassurotlari
Bu safar talabamiz
Mahzuna TIFTdagi dastlabki bir semestr davomida bosib o‘tgan yo‘li haqida samimiy fikrlari bilan bo‘lishdi.
U maktabni oltin medal bilan tamomlagani sababli TIFTga grant asosida qabul qilinganini alohida faxr bilan e’tirof qildi.
Mahzunaning aytishicha, TIFTdagi ta’lim jarayoni nafaqat bilim berishga, balki fikrlashni, mustaqil qaror qabul qilishni va o‘z ustida ishlashni o‘rgatadi. Ustozlarning yondashuvi, talabaga bo‘lgan e’tibor va darslarning amaliy ruhda o‘tilishi uning birinchi semestrini mazmunli va samarali o‘tkazishiga xizmat qilgan.
Bugun Mahzuna uchun TIFT — bu shunchaki universitet emas, balki imkoniyatlar, ishonch va kelajakka tashlangan mustahkam qadamdir.
Intervyuning to‘liq hikoyasi 3 qismli videolarda. Hozir sizlarga 1-qismni ulashmoqdamiz!
TIFT — bilim qadrlanadigan, mehnat e’tirof etiladigan maskan.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 9
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram