Aziz TIFT oilasi!
Bugun bizni birlashtirib turgan narsa faqat bir universitet emas — bu orzular va kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchdir. TIFT — bu ilmga chanqoqlik, ustozlar mehri, talabalar intilishi va bir maqsad sari dadil qadamlar demak.
Har bir auditoriyada yangrayotgan bilim, har bir yurakda yashayotgan orzu va har bir erishilgan yutuq — bu bizning umumiy faxrimiz. Sizlarning mehnatingiz, sabringiz va ishonchingiz tufayli TIFT bugun o‘smoqda, ertaga esa yanada yuksak marralarni zabt etadi.
Bayram bahona bo‘lsin, ammo tilaklarimiz doimiy: barchangizga sog‘lik, ilhom, kuch va hech qachon so‘nmaydigan shijoat tilaymiz. Kelajak sari birga, dadil va faxr bilan qadam tashlaylik!
Yangi 2026-yil muborak bo'lsin!
Обсуждение 9
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram