Bu videoni hamma ko‘rishini xohlar edik...
Chunki bu shunchaki bir talabaning muvaffaqiyat hikoyasi emas — bu taslim bo‘lmaslik, sabr va o‘ziga ishonch haqida. Uning yo‘li oson bo‘lmagan. Boshlanishida ikkilangan, qiynalgan paytlari, hatto hammasidan voz kechmoqchi bo‘lgan. Ammo, u to‘xtamadi, taslim bo'lmadi. O‘z ustida ishladi, o‘rgandi, izlandi.
Bugun esa u o‘z yo‘lini topgan, talabalik davridayoq o‘z ishiga ega va eng muhimi — qilayotgan ishidan rohat olayotgan mutaxassis.
Baxtiyor SQB Axborot texnologiyalari departamenti xodimi!
Baxtiyorning ushbu muvaffaqiyati tasodif emas. Bu — mehnat, sabr, bilim va to‘g‘ri qarorning mevasi. Bu video barcha talabalarimiz va ularning ota-onalariga farovon kelajak uchun umid, “buni men ham qila olaman” degan ishonch, aynan hozir taslim bo‘lmaslikka qaror bo'ladi deb umid qilamiz.
TIFTda biz nafaqat ta'lim beramiz — biz to'gri yo‘l ham ko‘rsatamiz. Va bu yo‘l o‘z natijasini bermoqda!
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 11
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram