TIFT talabasi — O‘zbekiston kubogi g‘olibi!
Universitetimizning sport yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Abduqayumov E’zozbek Kozimjon o‘g‘li belbog‘li kurash bo‘yicha
Nukus shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasida munosib ishtirok etib, 90 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq — talabamizning mehnati, qat’iyati va sportga bo‘lgan sadoqatining yorqin natijasidir.
TIFT universiteti sportchi talabalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularning nafaqat ta’limda, balki sport maydonlarida ham yuksak natijalarga erishishi uchun barcha sharoitlarni yaratib kelmoqda.
E’zozbekni ushbu katta g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida ham yangi cho‘qqilarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Обсуждение 11
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram