TIFTda eksklyuziv trening
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida xalqaro darajadagi eksklyuziv trening tashkil etildi. Mazkur treningni xalqaro huquq, pedagogika va samarali muloqot san’ati bo‘yicha yetakchi mutaxassis —
Anna Vladimirovna Ubaydullayeva olib bordi.
Trening to‘liq ingliz tilida o‘tkazilib, talabalar uchun xalqaro muhitda fikrlash, muloqot qilish va o‘zini namoyon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Talabalar trening davomida faol ishtirok etib, real misollar, muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.
TIFT universiteti talabalarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash, ularning global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi uchun eksklyuziv ta’lim imkoniyatlarini yaratishda davom etadi.
TIFT — global fikrlaydigan mutaxassislar makoni.
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram