Bugun dunyo o‘zgarmoqda. Biz esa har bir qarorimizni tafakkur bilan qabul qilamiz.
Har kuni atrofimizda minglab fikrlar, turli chaqiriqlar va yot g‘oyalar paydo bo‘lmoqda. Kimnidir chalg‘itadi, kimnidir o‘ylantiradi. Ammo insonni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmaydigan kuchlar bor. Bu — ilm va qadriyat.
Ilm — yorug‘lik. Ilm — mustahkam poydevor. Ilmli inson ishonch bilan yuradi, ilmli avlod esa hech qachon “soya” ortidan ergashmaydi. Shuningdek, bizning eng katta tayanchimiz — milliy qiyofamiz va qadriyatlarimiz. Kimligini anglagan, o‘z ildizini bilgan insonni hech qanday yot g‘oya yenga olmaydi.
TIFT universitetida biz shunchaki bilim olmaymiz. Biz o‘zlikni anglaymiz, mustaqil fikrlashni o‘rganamiz va kelajak sari ongli qadam tashlaymiz. Bu yerda har bir dars — mas’uliyat, har bir fikr — taraqqiyot, har bir muloqot — kelajak uchun poydevor!
TIFT BILAN YUKSAKLIKKA ERISHING!
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram