O‘zbekistonda 4,8 mln kishi ko‘p qavatli uylarda yashaydi
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining
4,8 mln nafari ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda istiqomat qiladi.
Bu jami aholining 12,4 foizini tashkil etadi.
Aholining yashash joyi turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashovchilar — 33,3 mln kishi (85,3 foiz);
ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda yashovchilar — 4,8 mln kishi (12,4 foiz);
boshqa turdagi turar joylarda yashovchilar — 927,3 ming kishi (2,3 foiz).
Boshqa turdagi turar joylarga dala hovli, yotoqxona, mehmonxona va boshqa yashash joylari kiradi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram