#qonunchilikdagi_yangiliklar
Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilanadi
🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son
farmoniga ko‘ra,
2023-yil 1-yanvardan Respublikaning
208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.
✅
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:
🔸*5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar
foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi (
YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi)
;
🔸yuridik shaxslar
mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani
1%i miqdorida toʻlaydi;
🔸*
4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun
AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilanadi.
🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:
▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan
mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga
0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha
0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.
*
yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
Тelegram |
Facebook* |
Youtube|
Instagram* |
Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram