#e_ijara
“Soliq” mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin
🧑💼Jismoniy shaxslar uchun
“Soliq” mobil ilovasida
ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Hisobga qo‘yish ilovaning
"Ijaraga berish" menyusida
Face ID (insonning yuz ko‘rinishi) orqali amalga oshiriladi.
📱Ilovada:
👉“Ijarani ro‘yxatga olish”
👉“Ijarani tasdiqlash”
👉“Ijaralar ro‘yxati”
👉“Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limlari mavjud.
🏠Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijaraga berilayotgan
obyekt maydoni, ijara davri, ijara summasi va ijaraga olayotgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi lozim.
Ijaraga oluvchi jismoniy shaxs jo‘natilgan maʼlumotlarni tekshirib,
"Tasdiqlash" tugmasini bosgandan so‘ng avtomatik ravishda ijara shartnomasi soliq organida
hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida
guvohnoma shakllanadi.
👨🎓Ilovaning
“Talabalarga ijaraga berish” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Bunda, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning
shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari
(F.I.O, manzili, oliy o‘quv yurtining nomi, fakulteti va bosqichi ) avtomatik shakllanadi. Talabalar
Face ID yoki telefon raqamiga
SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
⚙️
Face ID dan tashqari ERI va oneID orqali ham ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.
Тelegram |
Facebook* |
Youtube|
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram