avatar
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
@soliqnews
20.11.2021 11:55
#e_ijara

👨‍🎓Endi talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin

🏠Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

📱“Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

☝️“Tasdiqlash” tugmasini bosishdan avval ijaraga oluvchi talaba bilan birga turgan boshqa talabalarni ham "Qo‘shish" tugmasi orqali dasturga kiritish lozim.

👨‍🎓Ijara shartnomalarini soliq organida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada talaba va u bilan birga turuvchi talabalar haqida maʼlumotlar ham shakllanadi.

✅Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Тelegram | Facebook* | Youtube| Instagram*
357 23.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

101.3K
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook*: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram*: www.instagram*.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram