avatar
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
@soliqnews
26.03.2026 13:12
#ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar ijtimoiy soliqni toʻlash orqali mehnat stajiga ega boʻlishi mumkin

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tamomlab, rasman ishga joylashmagan bitiruvchilar mustaqil ravishda oʻz mehnat stajini shakllantirish imkoniyatiga ega.

Buning uchun Soliq mobil ilovasi orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish va ijtimoiy soliq toʻlash talab etiladi.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati

Ta'kidlash joizki, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliqni toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Shu bilan birga mehnat staji hisobga olinishi uchun aynan ushbu toʻlov muhim shart sanaladi.


Oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq bir yilda BHMning kamida 1 baravari miqdorida toʻlanadi. Shuningdek, toʻlovning belgilangan miqdordan koʻproq toʻlanishi, bu kelgusida pensiya miqdoriga bevosita ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Ijtimoiy soliqni bank toʻlov ilovalari yoki Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

Muhimi, ijtimoiy soliq oʻz vaqtida toʻlangandagina ushbu davr mehnat stajiga qoʻshiladi. Aks holda, mazkur davr staj sifatida hisobga olinmaydi.

Shu tariqa, rasmiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan taqdirda ham bitiruvchilar oʻz mehnat stajining uzluksizligini taʼminlashi mumkin.

Тelegram |Facebook* |YouTube| Instagram* |X|Threads
54 15.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

102.9K
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook*: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram*: www.instagram*.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram