#aksiya #soliq_tolash_kuni
Andijonda aholining soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari yangi bosqichda davom etmoqda
Xususan,
“Soliq to‘lash kuni” shiori ostida tashkil etilayotgan aksiya aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari fuqarolar o‘rtasida soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati hamda zamonaviy elektron to‘lov vositalaridan foydalanish tartiblarini batafsil tushuntirib bermoqda.
Uchrashuvda
soliq to‘lash intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblarni naqdsiz shaklga o‘tkazishning afzalliklari, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mexanizmlari, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbus orqali nafaqat soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, balki jamiyatda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish ham ko‘zda tutilgan.
Тelegram |Facebook* |YouTube| Instagram* |X|Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram