#mahallabay #korxonabay
Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.
Xususan bugungi kunda
▪️
“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️
"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.
Ushbu
xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga
soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.
Har bir soliq to‘lovchining
my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti
"Asosiy" sahifasida,
o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida
"Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️“Mahallabay” tizimida
"Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.
Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️
“korxonabay” ishlash tizimi orqali
42 ta,
▫️
"mahallabay" tizimida esa
25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.
Soliq to‘lovchilar uchun
my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning
"Asosiy" sahifasidagi
“Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning
soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.
Endilikda
murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi
40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun
soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin
soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini -
inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.
Тelegram |
Facebook* |
Youtube|
Instagram* |
X|
Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram