#qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi
Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi
Prezident qarori bilan
soliq imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalarni yuridik shaxslarning
reyting darajasidan kelib chiqib taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
🟩Yuqori toifa
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %
🟦O‘rta toifa
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %.
Muhim! Mazkur yangi tartib, bugungi kungacha amalda boʻlgan imtiyozlarga taʼsir qilmaydi. Yaʼni tadbirkorlik subyektlariga bugungi kungacha berilgan va foydalanayotgan mavjud imtiyozlarga tatbiq etilmaydi.
Ma'lumot uchun. Bugungi kunda
AAA toifadagi tadbirkorlik subyektlari soni oy boshiga nisbatan
304 taga koʻpayib
479 tani,
AA toifadagilar soni
494 taga oshib
1 449 tani,
A toifadagilar soni
718 taga oshib
2 206 tani tashkil etmoqda.
BBB toifadagilar soni esa oy boshiga nisbatan
2 990 taga oshib
11 504 taga,
BB toifadagilar soni
4 544 taga oshib
26 219 taga,
B toifadagilar
6 576 taga oshib
46 834 taga yetdi.
Shuningdek
bir oy ichida eng quyi
D toifasidagi
73 507 ta tadbirkorlik subyektlarining reyting koʻrsatkichlari yaxshilanib
C toifasiga chiqishiga erishildi.
Тelegram |Facebook* |Youtube| Instagram* |X| Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram