avatar
Shukurov Insight
Переслано от Kasbiy ta’lim agentligi
вчера, 09:03
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari!

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
1
1 44
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shukurov Insight

129
Ҳуқуқ, таълим, дипломатия ва жамият ҳақида фикрлар, таҳлиллар ва муҳим воқеаларга шахсий қарашлар.
Жавохир Шукуров - Халқаро ҳуқуқшунос, таълим бўйича эксперт.
Открыть в Telegram