avatar
Sherzod Shermatov
@shshermatov
08.07.2026 15:07
Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha missiyamizni amalga oshirish jarayonlari doimiy Davlatimiz Rahbarining shaxsiy nazoratlarida bo‘lgani sababli, ko‘z tegmasin, yurtimizda IT sohasi ko‘pchilik boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. Nafaqat IT eksporti ilk bor milliard dollardan oshishiga erishildi, balki Startap ekotizimini o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi.

Kuni kecha ham Prezidentimiz tomonlaridan raqamli xizmatlarni aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yanada qulay qilish, chet ellik kompaniyalarni hududlarga olib kelib, joylarda yuqori daromadli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishga hamda startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Bu yurtimiz yoshlariga kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishlari uchun yozdagi vaqtlarida ham imkoni boricha xorijiy tillarni hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishdan to‘xtamasliklariga ishoradir. Juda ko‘p kurslarni onlayn o‘rgansa ham bo‘ladi: aileaders.uz
Telegram
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по внедрению единой интегрированной цифровой платформы государственного управления, развитию экосистемы стартапов и улучшению бизнес-среды в сфере телекоммуникаций. #Mirziyoyev #taqdimot #raqamlashtirish #telekommunikatsiyalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
47 10.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Sherzod Shermatov

8.5K
Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook*: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram*: https://www.instagram*.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/
Telefon: +998 71 2384107
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram