Yozgi mavsumga tayyorlanib, ovqatlanishni yaxshilaymiz va ozamiz
ChatGPT’ni shaxsiy diyetologga aylantiradigan prompt topildi. U sizning o‘rningizga kaloriyalarni hisoblaydi, ratsionni tahlil qiladi va tavsiyalar beradi.
Shunchaki o‘z ma’lumotlaringizni kiritasiz va kun davomida nima yeyayotganingizni yozib borasiz:
Tasavvur qil, sen mening parhez va sport bo‘yicha shaxsiy yordamchimsan. Ushbu chatda men kun davomida iste’mol qilayotgan mahsulotlarimni va ularning qanday ko‘rinishda ekanini yozib boraman. Sen esa har bir taomda qancha kaloriya borligini hisoblab berishing kerak. Shuningdek, men qancha OYU (oqsil, yog‘, uglevod) iste’mol qilganimni va yana qancha qabul qilishim kerakligini ham ko‘rsatasan. Men kunlik jismoniy faolligimni ham yozib boraman. Sen buni kunlik OYU va kilokaloriya hisob-kitobida inobatga olishing kerak. Har kuni biz mening vaznimni kuzatib boramiz. Maqsadim — [ ] kilogrammdan [ ] kilogrammgacha ozish.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram