avatar
SCIENCE & INNOVATION
@science_innovations
05.08.2026 11:26
#Taniqli_olimlar

Xakimov Akbar Abdullayevich


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Soka (Yaponiya) universiteti faxriy doktori.


Akbar Abdullayevich Xakimov 1949-yil 9-avgust kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1968–1972-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil olgan.

1977-yilda Moskva shahrida professor L.I. Rempel ilmiy rahbarligida “IX–XIII asrlar O‘rta Osiyo hunarmandchiligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


A. Xakimov 1972–2005-yillarda San’atshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, aspirant, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, direktor o‘rinbosari va direktor kabi turli ilmiy hamda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1982–1998-yillarda institutning “Amaliy bezak san’ati” bo‘limiga rahbarlik qilgan. 1997–2005-yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi, 1998–2000-yillarda “San’at” jurnali Bosh muharriri, 2000–2005-yillarda esa San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.


A. Hakimov O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab monografiya va ilmiy asarlar muallifi. Uning “The art of Central Asia”, “Искусство Узбекистана: история и современность”, “O‘zbekiston san’ati tarixi”, “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kabi yirik ilmiy ishlari milliy san’at va madaniyat tadqiqiga salmoqli hissa qo‘shgan.


Olimning ilmiy rahbarligida 5 nafar fan doktori hamda 28 nafar fan nomzodi va falsafa doktori tayyorlangan.

1996-yilda Parij shahrida YUNЕSKO Bosh qarorgohida “Temuriylar davri madaniyati”, 1998-yilda esa Buxoro va Xiva shaharlarining 2700 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalar muallifi sifatida faoliyat yuritgan.


O'zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2026


emojiTelegram  |YouTube
emojiInstagram* | emojiFacebook*
👏 9
🔥 5
1
👍 1
😍 1
24 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SCIENCE & INNOVATION

12K
International scientific journal Science and Innovation

Contact: @Science_maqola24
☎️ (93)3549654; (99)3319654;
🌐 www.scientists.uz

https://Instagram*.com/ilmiy_jurnal
facebook*.com/scienceinnovation.uz
https://youtube.com/@science_innovation
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram