2 ta haqiqat:
1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q.
2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas.
Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar.
Yana bir "red flag" bu hashamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim".
Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik.
Bugun
kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi.
Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz
Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.
Обсуждение 63
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram