avatar
Sariq Dev
@sariqdev
06.02.2026 11:15
Sariq Dev Фото: Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi. Biznes strategiyada "value chain" degan tushuncha bor – bu yakuniy mahsulot yaratilguniga qadar uning qiymatini oshirib boradigan, tashqaridan sezilmaydigan, oraliq bosqichlar. Yakuniy mahsulotning sifati mana shu oraliq bosqichlarning sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Garvard Universiteti professori Maykl Porter bu jarayonlarni umumlashtirib 5 ta asosiy bosqichga bo'ladi: 1. Kiruvchi logistika (inbound logistics) - xomashyolarni qabul qilib olish. 2. Ichki jarayonlar (operations) - mahsulot yaratish uchun kechadigan ichki jarayonlar. 3. Tashqi logistika (outbound logistics) - tayyor bo'lgan mahsulotni mijozga yetkazish. 4. Marketing va sotuv (marketing & sales). 5. Xizmat ko'rsatish (service) - mijoz mahsulotni xarid qilganidan keyingi xizmat. Deyarli har qanday biznes faoliyati mana shu bosqichlardan o'tadi, xoh u qishloq xo'jaligi bo'lsin, xoh AyTi, xoh ishlab chiqarish. Yakuniy mahsulot sifatli bo'lishi uchun yuqoridagi har bir bosqish sifatli bo'lishi kerak. Bu esa oson emas, sifat ortida doim murakkab jarayonlar turadi (kuchli jamoa, murakkab tizim, tartib-intizom). Shuning uchun ham bunday mahsulotni o'g'rilash, qalbakilashtirish qiyin bo'ladi. Agar ichki jarayonlar sodda va osongina takrorlash mumkin bo'lsa demak mahsulotni yaratish ham oson bo'ladi. Va istalgan odam g'oyani o'g'rilab, mahsulotni qayta yarata oladi. Bularni aytishimdan maqsad - agar siz ham sifatli mahsulot qilmoqchi bo'lsangiz, eng avvalo jarayonlarni murakkab qiling, toki sizning ish uslubingizni nusxalash qiyin bo'lsin. Juda ko'p startaplarni ko'rayapmiz - ish uslubida hech qanday noyoblik, antiqa yondoshuv yo'q. Jamoa ham shunday, birortasi ajralib turmaydi. Nega bu g'oyani faqat siz qila olasiz, nega siz bergan yechim boshqalarnikidan ustun bo'ladi degan savolga javob yo'q. Xulosa: Sifatli va qalbakilashtirish qiyin mahsulot qilmoqchimisiz – har bir bosqichni murakkab va sifatli qiling. p.s. GM nega BYD bilan raqobat qila olmasligini tushundingiz deb o'ylayman.
Bu tamoyilni shaxsiy hayotda, kasb tanlashda yoki professional faoliyatingizda ham qoʻllashingiz mumkin.

Misol uchun, biror bir ishni qilishga koʻp aql, mehnat yoki alohida bir koʻnikma talab qilinmasa demak hamma shu ishni qilishga harakat qiladi, raqobat ham katta boʻladi.

Bloger, vayner, model, inflyusenlar koʻpayib ketgani sababi ham shunda. Bu sohalarga kirish oson, raqobat esa katta. Lekin bular orasida ham oʻz ishiga mehr va aql bilan yondoshib, oʻzgacha, takrorlash qiyin kontent tayyorlayotganlar ham bor. Va ular albatta ajralib turadi. Kamera oldida beoʻxshov qiliq qilish uchun esa katta aql kerak emas.

Oʻz ustingizda ishlang, noyob mutaxassis boʻling, muammolarga kreativ yondoshing, sizga teng keladigani boʻlmaydi.
👍 101
🔥 27
12
🤔 3
👏 2
7 43 13.1K

Обсуждение 7

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram