avatar
SamMU Media | RASMIY
@sammu_media
вчера, 07:26
#xalqaro_yozgi_maktab

Samarqand davlat tibbiyot universitetida Xalqaro yozgi maktabga start berildi

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliygohlari talabalarining “Xalqaro yozgi maktab”iga start berildi.

Ochilishda so'zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev mazkur xalqaro loyihaning nafaqat bilim va tajriba balki, o'zaro do'stona aloqalarni o'rnatish hamda hamkorlikni mustahkamlash maydoni ekanligini alohida ta'kidladi.

“Xalqaro yozgi maktab” doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, va boshqa mamlakatlarning 20 ga yaqin tibbiyot oliygohlaridan 50 ga yaqin talabalar Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti va undagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar universitet muzeyiga sayohat qilib, SamDTU tarixi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

SamDTU Matbuot xizmati

emojiTelegram |emojiInstagram*   |emojiFacebook*
6 660
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SamMU Media | RASMIY

5.7K
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Matbuot xizmati
✅ Veb-sayt: https://sammu.uz
✅ Telegram: https://t.me/sammu_education
✅ Facebook*: https://www.facebook*.com/sammu.education
✅ Instagram*: https://www.instagram*.com/sammu_education
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram