R
Rahimov Kids
@rahimovkids
08.05.2026 13:44
Go'zal odob-axloq namunalari

Farzandlarimga kichik yoshdan oʻzidan kattalarga salom berishni, salom berganda ham “Assalomu alaykum” deya toʻliq salom berishni, uyqudan turganda xayrli tong, uyquga yotishdan avval xayrli tun tilashni oʻrgatganman. Ular shunga odatlanishgan.

Uyqudan turganlarida yuzlarini yuvib: “Assalomu alaykum. Xayrli tong!” deya qo‘llari koʻksilarida salom berishadi. Uyquga yotishdan avval ham yuvinib boʻlganlaridan so‘ng har birimizning boʻynimizdan quchib xayrli tun tilashadi.

Ko‘cha-kuyda tanigan-tanimagan kishilarga, oʻzlaridan kattalarga darrov salom beradilar. Bunday tarbiya berish bilan farzandlarimizning murgʻak qalblarida mehr-u oqibat uygʻonadi. O‘zaro samimiylik, bir-biriga yaxshilik qilish kabi go‘zal odob-axloq namunalari shakllanadi.

📚 “Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism

• Avvalgi hikoya: Ozodalik bor joyda baraka bor

@RahimovKids
6
🔥 2
6 2 1.5K

Обсуждение 6

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
R

Rahimov Kids

1.7K
📞 78-113-7-113

🧩 Foydali odatlar shakllantiramiz
👧🏻 Bog’cha yoshidanoq kitob o’qishni o’rgatamiz
🌍 Ta'lim tili: o'zbek
✨ 2-7 yoshgacha

📍 Manzilimiz:
Shayxontohur tumani, Farobiy ko'chasi 32
Mo'ljal: ToshMI shifoxonasiga kirish

@RahimovKids_admin
Открыть в Telegram