Oilaviy bayram
Biz vaqti-vaqti bilan oramizdan birimizni xushnud etish uchun bayram uyushtiramiz. Masalan, biz uchun doim mehnat qilib charchamaydigan dadamiz uchun. Farzandlarim bor imkoniyatlarini ishga solib biri she’r aytadi, biri qo‘shiq kuylab beradi, biri oilaviy suratimizni chizib ko‘rsatadi,xullas, dadamizni qanday bo‘lmasin ko‘ngillarini ko‘taramiz.
Yana boshqa safar namoz o‘qish yoshiga yetgan o‘g‘lim uchun bayram uyushtiramiz, keyingi
safar qizim uchun. Ha, tabiiyki, ular men uchun ham bayram uyushtirishni unutmaydilar. Biz har oy yoki har ikki oyda kutilmaganda mana shunday bayramlarni tashkillashtiramiz.
Bunday bayramlar bir-birimizni yanada ko‘proq sevishga, xursandchilik qilib, mehr-oqibatli bo‘lishga, bir-birimizga qaysidir ma’noda tashakkur aytishga sabab bo‘ladi.
📚
“Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism
• Avvalgi hikoya:
Otamning hikoyalari
@RahimovKids
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram