avatar
Mikrofon ko‘targan ayol
@qurbonova_a
04.05.2026 11:00
"Yoshligimizda tirnog‘imiz tushib, qon chiqib, svetni tagida sharoit bo‘lmasdan futbol o‘ynardik"- Prezident Shavkat Mirziyoyev

"Neftchi" bolalar akademiyasidagi suhbatdan.

"Abduqodirga o‘xshagan bolalar ko‘p o‘zi dunyoda, lekin ularni bilib-bilmasdan chekkaga surib qo‘yish, tanish-bilishchilik va hokazo — bu bizga manfaat bermadi. Dunyo O‘zbekiston futbolchi yoshlariga qarab turibdi, lupada qarab turibdi. Har birlaringning harakatlaringni manaman degan katta-katta kompaniyalar, davlatlar har kuni qaraydi. Maqsadimiz- o‘zimizning milliy futbolni kelajagiga zamin yaratish.

Baribir sharoit bo‘lmasa, imkoniyat bo‘lmasa, faqat futbolda emas, boshqa bironta sport turi bo‘yicha rivojlanish mumkin emas. Futbolni O‘zbekistonda yomon ko‘radigan odam yo‘q desak, to‘g‘ri bo‘ladi, hamma yaxshi ko‘radi.

Mana bizning yoshligimizda tirnog‘imiz tushib, qon chiqib, svetni tagida sharoit bo‘lmasdan o‘ynardik. U payti boshqa zamon edi. Lekin shu zamonlarni ko‘rgan odam sifatida sizlarga hamma sharoit yaratyapmanki, sizlar zamonga munosib bo‘lib, harakat qilsangiz, chora-tadbirlarimiz natija beradi."
27 12.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Mikrofon ko‘targan ayol

5.9K
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol

Sayohat blogi- @azitravel

Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
Открыть в Telegram