O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi: Investitsiyalar uchun tarixiy kun
Joriy yilning 5-may kuni Hilton mehmonxonasida nufuzli O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur forum Turkiya Respublikasining Ostim yirik sanoat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ushbu yirik xalqaro maydonda TMK mamlakatning kritik minerallar va yuqori texnologik sanoatdagi ulkan salohiyatini namoyish etadi.
Forum davomida siz TMK va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, kritik minerallarni chuqur qayta ishlash tashabbuslari, sanoat kooperatsiyasi modellari hamda qo‘shma ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
Agar Siz global bozorga chiqadigan ishonchli hamkor qidirayotgan bo‘lsangiz va real sektor hamda barqaror sarmoya kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda TMK bilan hamkorlik qiling va kelajak sanoatiga sarmoya kiriting.
17 1.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram