Haydovchilar diqqatiga!
Ertadan —
1 apreldan boshlab O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun
jarima ballari tizimi amalda hisoblanishni boshlaydi.
Tizimga ko‘ra, har bir qoidabuzarlik uchun haydovchiga
muayyan miqdorda jarima ballari beriladi (aniq nechta ball berilishi alohida belgilanadi). Bir qoidabuzarlik uchun maksimal
2 ballgacha hisoblanadi.
Jarima ballari
bir yil davomida amal qiladi va birinchi qoidabuzarlik qayd etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar shu davr ichida haydovchi
12 ball yoki undan ortiq to‘plasa, u holda haydovchilik huquqidan
kamida 6 oyga mahrum etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng, huquqni tiklash uchun nazariy va amaliy imtihonlarni qayta topshirish talab etiladi.
Tizim doirasida:
•
8 ball to‘planganda haydovchiga SMS orqali ogohlantirish yuboriladi;
•
12 ballga yetganda esa ma’lumot sudga yuboriladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram