Afg‘onistondan qoradorini qozon ichiga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston Respublikasidan “Termiz avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Hyundai rusumli yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Mashina yukxonasidan 750 dona afg‘on qozonlarining 210 donasi ichidan 190 kg 800 gr “gashish” moddasi topilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram