Samarqandda tuproq ostida qolib ketgan quruvchi qutqarildi
Kecha, 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Samarqand shahridagi “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgan.
FVV qutqaruvchilari quruvchini tezkorlik bilan tuproq ostidan chiqarib olgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan. Uning hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, u yaqin kunlarda tibbiyot muassasasidan chiqarilishi kutilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram