avatar
Qalampir LIVE
@qalampirlive
09.04.2026 13:18
Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari og‘ir ahvoldagi sinf xonasida o‘qiyotgani aytilmoqda

Qalampir.uz’ga ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 30-maktabning sinf xonalari og‘ir ahvolda va o‘sha sinf xonalarida o‘quvchilarga ta’lim berilmoqda.

Aytilishicha, mazkur maktabda to‘garak xonasi tashkil qilish va shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun 2025-yilning sentyabr oyidan 2026-yilning fevral oyigacha maktabning har bir xodimi maktab fondi uchun “zamdirektor”ning odamiga 35 ming so‘mdan pul berib kelgan.

Ta’kidlanishicha, maktabga yangi direktor kelganidan so‘ng fond uchun pul yig‘ish to‘xtatilgan.

“Lekin hech qanday o‘zgarish ko‘rmadik biz to‘lagan pullarimiz qayerga ketganidan ham bexabarmiz. 2 safardan buyon hech kimga pul to‘lamayapmiz, lekin shu kungacha to‘lagan pullarimiz nima bo‘lganini bilmaymiz”, deyiladi Qalampir.uz’ga kelib tushgan muro
jaatda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😡 58
8
😱 8
👍 4
👎 2
55 9.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Qalampir LIVE

62.3K
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Открыть в Telegram