Meksikada 2 ayol sevgilisining jasadi oldida urishib ketdi
Meksikaning Verakrus shtatida dafn marosimi vaqtida marhum erkakning 2 sevgilisi o‘zaro janjallashib, mushtlashib ketgan. Mojaro marosim paytida ayollardan birining “sevgilim, seni sog‘inaman” degan so‘zlaridan boshlangan. Bu gapni eshitgan boshqa ayol ham marhumni o‘zining sevgilisi deb bilishini aytib, vaziyat keskinlashgan.
Suhbat tezda tortishuvga, so‘ng esa jismoniy to‘qnashuvga aylangan. Ayollar bir-biriga tashlanib ketgan va buning oqibatida tobut ham tebranib, qopqog‘i siljib ketgan. Voqea joyidagi boshqa ishtirokchilar aralashib, ayollarni ajratishgan.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilardan biri “marhum jannatga tushmaydi” deb izoh ham qoldirgan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram