AQSH “otashkesim yoki urush” o‘rtasida tanlov qilishi kerak – Aroqchi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHni keskin tanqid qilib, Vashington aniq tanlov qilishi kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va AQSH o‘rtasidagi otashkesim shartlari “aniq va ravshan” bo‘lib, AQSH bir vaqtning o‘zida ham sulhni saqlab, ham Isroil orqali harbiy harakatlarni davom ettira olmaydi.
“Dunyo Livandagi qirg‘inlarni ko‘ryapti,” degan Aroqchi, AQSH zimmasidagi mas’uliyatga urg‘u berib. Shuningdek, u vaziyatni “to‘p AQSH maydonida” deya baholab, xalqaro hamjamiyat Vashington o‘z majburiyatlariga amal qiladimi-yo‘qmi, diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidlagan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram