Toshkent aeroportida chet ellik shaxs 9 ming dollar o‘g‘irladi
Joriy yilning 4-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chet el fuqarosi tomonidan o‘g‘irlik sodir etilgan.
Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro “Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. U o‘z yukini tekshirish jarayonida jami 9 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘qolganini aniqlagan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyat fosh etilgan. Aniqlanishicha, uni o‘sha reysda parvoz qilgan chet el fuqarosi sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram