Eron parlamenti spikeri muzokaralar boshlanmay turib shartlar buzilganini aytdi
Eron parlamenti spikeri Muhammad-Bag‘ir G‘olibov Eronning 10 banddan iborat taklifi muzokaralar olib borish uchun “amalda ishlaydigan asos” va muzokaralarning asosiy ramkasi hisoblashini aytgan.
“Biroq, hozirgacha ushbu taklifning 3 bandi buzilgan:
��10 bandli taklifning birinchi bandi – Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyat bajarilmadi. Bu majburiyatni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham ochiq tilga olib, “darhol hamma joyda, jumladan Livan va boshqa hududlarda ham zudlik bilan sulh bo‘lishi kerak” deb e’lon qilgan edi;
��Eron havo hududiga noqonuniy uchuvchisiz apparat (dron) kirib kelgani va u Fors viloyatidagi Lar shahrida urib tushirilgani – bu Eron havo hududini buzmaslik haqidagi bandning ochiq buzilishi hisoblanadi;
��Eronning uranni boyitish huquqi inkor etilgani – bu esa ushbu ramkaning oltinchi bandida ko‘zda tutilgan edi.
Endilikda muzokaralar uchun “amalda ishlaydigan asos” deb ta’riflangan hujjatning o‘zi, muzokaralar boshlanishidan oldin ham ochiq-oydin buzildi. Bunday vaziyatda ikki tomonlama sulh yoki muzokaralar o‘tkazish mantiqsiz hisoblanadi”, degan spiker
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram