Livan bo‘ylab Isroilning ommaviy zarbalari oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi yoki yaralandi – PressTV
Eron televideniyesi xabariga ko‘ra, 50 ta Isroil qiruvchi samolyoti bir daqiqa ichida Livanning turli nuqtalariga 160 ta bomba tashlagan.
Livan Bosh vaziri Navaf Salom Isroil mamlakatning aholi zich joylashgan hududlariga zarba berayotgani va oqibatda “himoyasiz tinch aholi” qurbon bo‘layotganini ma’lum qilgan.
Livan Qizil Xoch jamiyati xabariga ko‘ra, hozirda 100 dan ortiq tez yordam mashinasi Isroil aviazarbalari oqibatida yaralanganlarni shifoxonalarga tashish bilan shug‘ullanmoqda. Qutqaruv xizmatlari va ko‘ngillilar vayronalar ostidan odamlarni qidirmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram