������������JD Vens Zelenskiyni Orbanga qilgan tahdidi uchun tanqid qildi
“Kechagacha men Zelenskiy bosh vazir (Orban) rezidensiyasiga askar yuborish niyati borligini aytganini hatto bilmagan edim. Bu haqda menga Viktor aytdi, shundan so‘ng ma’lumotni tekshirib ko‘rdim.
Buning haqiqat ekanligiga deyarli ishona olmadim, lekin bu haqiqatan ham shunday ekan. Bu mutlaqo sharmandali holat. Hech qachon chet el hukumati yoki davlat rahbari ittifoqchi mamlakat hukumat rahbariga tahdid qilmasligi kerak. Bu bema’nilik. Bu qabul qilinishi mumkin emas“, — dedi AQSH vitse-prezidenti
.
Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni Zelenskiy agar Orban Ukrainaga YIning 90 mlrd yevrolik kreditini bloklashda davom etsa, uning manzilini Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilariga berib yuborish bilan tahdid qilgan edi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram