Eron Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga tahdid qilmoqda – WSJ
“The Wall Street Journal” xabar berishicha, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi kemalar Eron Harbiy-dengiz kuchlaridan ushbu suv yo‘li orqali o‘tish uchun ruxsat olish zarurligi haqida ogohlantirishlar olmoqda. Shuningdek, kemalarga ruxsatsiz o‘tishga urinish bo‘lsa, ular yo‘q qilinishi mumkinligi ma’lum qilingan.
“MarineTraffic” ma’lumotlariga ko‘ra, Eron, AQSH va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganidan beri kamida ikkita kema Hurmuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tgan. Bular Gretsiya va Liberiya bayroqlari ostidagi balkerlardir.
Mintaqada yuzlab kemalar, jumladan 426 ta tanker, 34 ta suyultirilgan neft gazi va 19 ta suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi kemalar qolayotgani haqida xabar berilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram