Toshkentda 6,7 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni noqonuniy o‘zlashtirgan yigit ushlandi
Yashnobod tumanida 22 yoshli fuqaroning telefoniga o‘rnatilgan ilovalar va turli akkauntlar orqali katta miqdorda kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Gumonlanuvchi noqonuniy kirim-chiqim operatsiyalari yordamida jami 6 mlrd 700 mln so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi tanlangan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram