O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi sulh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilgani haqidagi e’lonni olqishlagan. Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashabbus mintaqadagi keskinlikni yumshatish yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidlagan.
Vazirlikka ko‘ra, mazkur sa’y-harakatlar siyosiy-diplomatik muloqotni faollashtirish va tomonlar uchun o‘zaro maqbul yechimlarni topishga zamin yaratadi. Shuningdek, barcha tomonlar vazminlikka chaqirilib, vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish zarurligi qayd etilgan.
O‘zbekiston tomoni tinchlik va barqarorlikka erishish uchun konstruktiv hamkorlikni davom ettirish muhimligini urg‘ulagan. Bayonotda, shuningdek, mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan, BMT Nizomi tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda hal etish zarurligi borasidagi o‘zgarmas pozitsiya yana bir bor ta’kidlangan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram