Qashqadaryoda urushda qatnashgan yigitga 4 yil 1 oy ozodlikdan cheklash jazosi berildi
Qashqadaryoda Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonida qatnashgan 25 yoshli fuqaro 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U 2022 yilda ishlash uchun Moskvaga borib, keyinchalik giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib 9 yilga qamalgan. So‘ng apellyatsiyada 7 yilga qisqartirilgan.
Jazoni o‘tayotgan vaqtida u rus tilini yaxshi bilmagani sabab hujjat mazmunini tushunmasdan imzo qo‘ygan va oqibatda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma asosida urushga jalb etilgan. U bir yildan ortiq harbiy harakatlarda qatnashgan, keyin qochish maqsadida o‘zini oyog‘idan otib jarohatlagan.
Keyinchalik u harbiy qismdan qochib, O‘zbekiston elchixonasi orqali vatanga qaytgan va o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Sud uni yollanish va chet davlat harbiy xizmatiga kirish moddalarida aybli deb topib, 4 yil 1 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram