Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan erkaklar ushlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida MCHJ ofisidan ichida 50 ming dollar bo‘lgan seyfni o‘g‘irlash holati aniqlangan. Tezkor tadbirlar natijasida jinoyat tashkilotchisi 1988-yilda tug‘ilgan Bobur ismli shaxs, uning sherigi Sherzod hamda korxona haydovchisi Abdurahmon qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, haydovchi jinoyatchilarga ichki ma’lumotlar va kalitni berib yordam qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram