Aholi sonining ortib borishi va mahallalarning kengayishi sababli Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablarida qurilish va rekonstruksiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, investitsiya dasturi doirasida 224-sonli umumta’lim maktabida 990 o‘rinli, 4 qavatli yangi qo‘shimcha bino barpo etildi. 10-aprel kuni mazkur zamonaviy binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, shuningdek, nuroniylar hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
Yangi bino natijasida maktab sig‘imi sezilarli darajada oshirilib, o‘quvchilar zichligi kamaytirildi. Shuningdek, bino zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, alohida ehtiyojga ega bolalar uchun ham barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
�� Olmazor — tarix va innovatsiya uyg‘unlashgan ilm-ma’rifat maskani!
Telegram|Instagram*|Facebook*|YouTube|Web-site
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram