Yangihayot tumanida milliyligimizning nozik jilosi namoyish etildi!
Bugun tumanda o‘zbekona qadriyatlar va milliy an’analarimizni tarannum etuvchi o‘ziga xos bayram tadbiri
bo‘lib o‘tdi.
Tumanning “Mehribog‘” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish maydonida “Yangihayot Milliy” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir haqiqiy go‘zallik va nafosat bayramiga aylandi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari, Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokim o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari, fuqarolar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida o‘zbekona qadriyatlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, turli sahna chiqishlari, sport o‘yinlari, kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar namoyish etildi.
Kanalga ulanish������
@toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram