Yakkasaroyda “Rahbar ayol va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida,
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Shaxnoza Sultanova hamda Yakkasaroy tumani hokimining oʻrinbosari Dilfuza Rasulmuxamedovalar Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyiga tashrif buyurishdi.
Tanishuv davomida mehmonlar akademik litsey talabalari tomonidan chizilgan san'at namunalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Shundan soʻng “Rahbar ayol va yoshlar” mavzusida samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, fikr va takliflarini bildirishdi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida, doʻstona va ilhombaxsh muhitda oʻtdi.
Shaxnoza Sultanova yoshlarga zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish va jamiyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshish zarurligini taʼkidladi.
Kanalga ulanish������
@toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram