Hozirda
olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga
vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili
viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari
207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga
chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.
Masalan,
Zarbdor tumanida o‘tgan yili
23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda
3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari,
tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi.
Infratuzilma yaxshilangani uchun
Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
Yoki
qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda
maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi.
Qolgan tumanlarda
aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi.
Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram