avatar
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Переслано от канала
05.04.2026 17:04
�� YUNUSOBOD TUMANIDA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA: “ASTROBOD” MAHALLASI ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETDI

�� Yunusobod tumani “Astrobod” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari yakunlandi. Infratuzilmani yangilash va noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bilan bog‘liq barcha jarayonlar rekord darajadagi qisqa muddatda — bir hafta ichida to‘liq amalga oshirildi.

Toshkent shahar hokimi Sh. Umurzakov hamda Yunusobod tumani hokimi A. Saidaliyev ushbu mahallada amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, yangi barpo etilgan zamonaviy kutubxonaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib foydalanishga top
shirildi.

Mahalladagi asosiy o‘zgarishlar:
�� Yashil makon: “Yashil makon” loyihasi doirasida 5200 m² maydon ko‘kalamzorlashtirildi. Hudud iqlimiga mos 540 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, mahalla havosini musaffo qiluvchi yangi yashil hudud barpo etildi.
�� Ma’rifat maskani: Aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida eng zamonaviy tipdagi kutubxona qurib bitkazildi.
�� Tartib va obodlik: Piyodalar yo‘laklariga xalaqit beruvchi noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, mahalla infratuzilmasi to‘liq
yangilandi.

Ushbu islohotlar Yunusobod tumanidagi mahallalarning qiyofasini zamonaviylashtirish va aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ishlarning amaldagi namunasi bo‘ldi.

Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook* |Instagram* | Veb-sahifa
7
👍 4
🕊 2
7 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

24.2K
Murojaatlar uchun/Для обращений:
https://tashkent.uz/uz/news/tashkent-listening

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
E-mail: info@tashkent.uz
Manzil: Islom Karimov, 51
71-210-03-36
71-210-03-37
Открыть в Telegram