avatar
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
@poytaxt_uz
04.04.2026 15:40
JAMOATCHILIK MUHOKAMASI VA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Toshkent shahar hokimligida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan jamoatchilik muhokamasi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari, soha vakillari, OAV hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Unda poytaxt transport tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yirik loyihalar — tezyurar avtobus tizimi (BRT)ni joriy etish va “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati hududida zamonaviy yo‘l o‘tkazgichi qurilishi masalalari taqdim etildi.

Muhokama davomida BRT tizimining asosiy afzalliklari, jumladan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklar, yo‘nalishlarning shaharning asosiy arteriyalarini bog‘lashi, transport oqimlarini qayta taqsimlash imkoniyati va harakat tezligini oshirish kabi jihatlar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, shaharning eng tirband nuqtalaridan biri hisoblangan chorrahada ikki bosqichli yo‘l o‘tkazgichi qurilishi rejalari, uning o‘tkazuvchanlikni oshirish, harakat tezligini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Bildirilgan fikrlar loyihalarni yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olinishi qayd etildi.

_________________

СОСТОЯЛИСЬ ОБЩЕСТВЕННОЕ ОБСУЖДЕНИЕ И ПРЕСС-КОНФЕРЕНЦИЯ


В хокимияте города Ташкента состоялись общественное обсуждение и пресс-конференция, посвящённые развитию дорожной инфраструктуры столицы.

В мероприятии приняли участие АО “Toshkent Invest Kompaniyasi”, специалисты Центра организации дорожного движения, представители профильных организаций, СМИ и жители города. Были представлены ключевые проекты, направленные на модернизацию транспортной системы, включая внедрение системы BRT и строительство новой транспортной развязки в районе метро «Буюк Ипак Йўли» .

В ходе обсуждения были подробно раскрыты преимущества BRT, в том числе организация выделенных полос для общественного транспорта, повышение скорости и предсказуемости передвижения, а также снижение нагрузки на основные магистрали.

Особое внимание было уделено проекту новой развязки, которая позволит существенно сократить время проезда, увеличить пропускную способность и повысить безопасность дорожного движения.

В ходе мероприятия журналисты и жители получили развернутые ответы на интересующие вопросы. Все озвученные предложения будут учтены при дальнейшей реализации проектов.

YouTube | Facebook* | Instagram* | Web-site | Telegram-bot
👍 4
🔥 3
58 13.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

24.2K
Murojaatlar uchun/Для обращений:
https://tashkent.uz/uz/news/tashkent-listening

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
E-mail: info@tashkent.uz
Manzil: Islom Karimov, 51
71-210-03-36
71-210-03-37
Открыть в Telegram