P
Post Scriptum
@postscriptumuz
22.04.2026 14:01
Samoslik Pifagor

“Farzandlaringizning baxtini qadrlang, shunda ular faqat sizning qabriingiz ustida yig‘lashadi”.

Bu fikr ota-onaning hayotdagi eng muhim vazifasi — farzandiga haqiqiy baxt va to‘g‘ri tarbiya berish ekanini anglatadi. Agar bola mehr, e’tibor va sog‘lom muhitda ulg‘aysa, u hayotda kamroq azob chekadi, ichki bo‘shliq yoki dard bilan yashamaydi.

Bu yerda “faqat qabri ustida yig‘lash” degani — farzandning hayotida eng katta qayg‘u ota-onasining yo‘qotilishi bo‘lishi kerak, boshqa og‘ir azoblar emas. Ya’ni, ota-ona farzandini shunday tarbiyalashi kerakki, u hayotda sinovlarga duch kelsa ham, ichki jihatdan mustahkam va baxtli bo‘lib qoladi.

Aslida bu iqtibos ota-onaga mas’uliyat yuklaydi: moddiy emas, balki ruhiy boylik — mehr, e’tibor, qadriyatlar va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish eng katta meros ekanini eslatadi.
1.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram